Zuhro sayyorasi – Venera atmosferasining yuqori qatlamlarida fosfin gazi izlari topildi. Uşbu gaz ba'zi tirik organizmlar tomonidan işlab çiqariladi. Bu haqda nature astronomy xabar berdi.
Zuhro atmosferasida fosfin borligi Kardiff universiteti (Britaniya) va Massaçusets texnologik universiteti (AQŞ) olimlari tomonidan Gavayidagi Jyeyms Klark Maksvell teleskopi va Çilidagi Atakam radioteleskoplar tizimi yordamida kaşf qilindi.

NASA agentligi direktori Jim Braydenstayn uşbu hodisaga izoh berib, Zuhroga köproq e'tibor qaratiş vaqti kelganini aytgan.
“Anaerob biologiya ikkilamçi mahsuloti bölgan fosfinning topilişi Yerdan taşqarida hayot borligi isbotlarini topişdagi eng muhim hodisa hisoblanadi”, deb yozgan Braydenstayn tvitterda.
Fosfin rangsiz, öta zaharli gaz bölib, Yerda uni anaerob, ya'ni kislorod mavjudligini talab etmaydigan mikroorganizmlar işlab çiqaradi. 2019 yilda ekzosayyoralar atmosferasida fosfinni izlaşni ularda hayot borligini anglatuvçi belgi etib belgilaş taklif qilingan.
Zuhro Quyoşdan ikkinçi sayyora bölib, U Yerning eng yaqin qöşnisi hisoblanadi. Uşbu sayyora boşqa sayyoralardan farqli, Quyoş atrofida orqa yönalişda aylanadi. Bu esa sayyorada Quyoş şarqdan emas, ğarbdan çiqişini va şarqqa botişini anglatadi.












