NASA kosmik agentligi mutaxassislari Curiosity marsoxodidan olingan ma'lumotlarni örganib, Qizil sayyora atmosferasida katta hajmda metan gazi borligini aniqlaşdi. Bu esa uzoq sayyorada tirik jonzotlar bölişi mumkinligidan darak beradi, deb xabar berdi The New York Times naşri.

Olimlar marsoxoddan qöşimça ma'lumot oliş uçun söroq yuborişgan. Ular öz kuzatuvlarini isbotlaş uçun yangi tajribalar ötkazişmoqçi. 

Olimlarning ta'kidlaşiça, aniqlangan metan yaqindagina hosil bölgan, çunki Quyoş nuri va kimyoviy reaksiyalar uni parçalaydi. Tadqiqotçilar gaz sayyora içida millionlab yillar saqlangani va endi yoriqlar orqali çiqayotgan bölişi mumkinligini ham istisno qilişmagan.

2013 yilda ham marsoxod Marsda metan aniqlagan. Uşbu haftada olingan kuzatuvlar esa aniqlangan metan hajmi 6 yil oldin qayd qilingan metannikidan 3 marta köpligini körsatgan.

Sayyoramizda metanni asosan tirik organizmlar hosil qiladi.

Mart oxirida Curiosity Marsdagi Geyl krateri içida tirik organizmlar yaşaşi uçun zarur bölgan azot birikmalarini topgan. Ularning paydo bölişiga asteroidlar tuşişi va Qizil sayyora atmosferasida gazsimon vodorod borligi olib kelgan bölişi mumkin.