Layfxaker hayotidan köngli tölmaydiganlar uçun beşta savolni taqdim etdi. Qotib qolgan nuqtangizdan siljişni boşlaş uçun ularga javob bering.
Foto: Layfxaker
Ba'zida bizda “qotib qolganlik” hissi paydo böladi: odatiy harakatlar oilaviy farovonlik, moddiy daromad, maksimal unumdorlik, muvaffaqiyat va omad keltirmaydi. Hayotingizni yaxşilaş uçun ayrim vaqtlarda biroz tin olib, öz-özingizga savollar beriş va ularga aniq javoblar topiş kerak böladi. Bunday odat özingiz va hislaringizni yaxşiroq tuşunişda yordam beradi.
1. Harakat qilişingizga nima xalaqit qiladi?
“Biz qörqqan işlar va sözlar – köpinça biz bajarişimiz, söraşimiz yoki aytişimiz kerak bölgan narsalardir”.
Timoti Ferriss, yozuvçi
Bizni, köpinça, özgalar emas, özimizning şaxsiy ovozimiz uşlab turadi. U biz yetarli darajada aqlli va kuçli emasligimiz, muvaffaqiyatsiz ekanimizni aytadi. Agar bir joyda qotib turganingizni his etsangiz, içki “meningiz” bilan dialoglaringiz yaxşilik bilan tugamaydi. Unga e'tibor bermang.
Ayrim kişilar qörquvlarga berilişadi. Undan ustun keliş va içki ovozni öçişga majbur qiladigan usullardan biri – qörqayotgan narsalaringizni tan oliş va ovoz çiqarib aytiş.
“Voqealar rivojining eng yomon variantini tasavvur qiling. Ana şunda qörquvlar yengilişini his etasiz”.Timoti Ferriss
Timoti Ferriss «Qörquvlarni boşqariş» nomli maşqlarni işlab çiqdi. Qörquvlar xayoldan qoğozga tuşganida real hayotda ğolib böliş ança osonlaşadi.
Sizni nima uşlab turibdi?
2. Kimning ruxsatini kutyapsiz?
Mavzuga oid
“Orzuingiz sari boriş uçun sizga heç kimning ruxsati kerak emas. Bor-yöği yuriş kerak”.
Gari Vaynerçuk, tadbirkor va yozuvçi
Amerikalik tadbirkor va kitoblar muallifi Gari Vaynerçuk biror narsani boşlaşdan avval ruxsat oliş kerak bölgan inson – özimiz deb hisoblaydi.
Kimdir tanlovingizni ma'qullaşini kutmang. Agar işdan böşaşni istasangiz – böşang, hamkasblar ma'qullaşini kutmang. Agar farzand bilan muloqotni yölga qöyişni istasangiz, sobiq rafiqangizning fikrini kutmay, uni bugundan boşlang. Agar ozişni boşlasangiz, soğlom taom iste'mol qiling, atrofdagilar nima deb öylaşlari haqida qayğurmang.
Vaynerçuk bolalikda hikoyalar yozişga qiziqqani, biroq atrofdagilarning fikridan juda qörqqanini aytadi. U kimdir uni tanlaşi, yelkasiga qoqib, hikoya yozişini kutardi. U kimdir ruxsat berişini kutgan.
“Agar biror narsa qilişni istasangiz, kimdir bu haqida sizdan söraşini kutmang. Buyuk işlarni amalga oşiring. Bari amalga oşgaç, işqibozlarning özi bu haqida sizga ma'lum qiladi, ular haqida xavotirlanmaslik kerak” – deya maslahat beradi Gari.
3. Siz nimaga qiziqasiz?
“Yerdagi eng kuçli qurol - insonning qaynoq qalbi”.
Ferdinand Foş, fransuz harbiy arbobi
Agar erkin böliş va rivojlanişni istasangiz, öz-özingizga savol bering: “Nima mening içimda olov yoqadi?”
Nima meni baxtli qiladi? Nimaga qiziqaman? Tadbirkor va Apple asosçilaridan biri Stiv Jobs ana şu savollarning javobini kiçik yoşidanoq bilgan. Oddiy mahsulotlarni loyihalaştiriş – ana şu uning qalbida olov yoqqan.
Nimaga qiziqişingizni öylab köring. Ana şu bilan şuğullanganda diqqatingiz bir yerga jamlangan, iştiyoqqa töla va samarador bölasiz.
4. Özingizga majburiyat olasizmi?
“Inson hayotining sifati u nima bilan şuğullanişidan qat'i nazar uning komillikka intilişiga bevosita boğliq”.
Vins Lombardi, amerikalik futbolçi va murabbiy
Zimmangizga olgan majburiyatlaringiz va öz-özingizga bergan va'dalaringiz bu siz va sizning ideal hayotingiz örtasidagi köprikdir. Agar nikohingizdan könglingiz tölmasa, özingizning erlik yoki otalik (yoki ayollik va onalik) majburiyatlaringizni bajarayotganingizni tekşiring. Agar özingiz istagandan kamroq pul işlab topayotgan bölsangiz, işingizni vijdonan bajarayotganingizga işonç hosil qiling.
Agar maqsadga erişişni istasangiz, unga tomon qadam bosiş haqida öz-özingizga va'da bering. Faqat ulargina reja böyiça maqsad sari yuriş, taşqi holatlardan qat'iy nazar kerakli işlarni bajarişda yordam beradi.
Agar sizga natija kerak bölsa, öz işingiz uçun mas'uliyatli böling.
“Biror iş bilan şuğullaniş siz uçun qiziq bölsa, uni özingiz uçun qulay vaqtda bajaring. Agar öz zimmangizga majburiyat olgan bölsangiz, buni istalgan holatda ham amalga oşirasiz. Heç qanday özini oqlaş holatlari kerak emas, faqat natija zarur”.
“Sizda tanlaş imkoniyati doimo mavjud: oldinga bir qadam taşlaş yoki xavfsiz joyga qaytiş”.
Abraxam Maslou, psixolog va gumanitar psixologiya asosçisi
Iş va şaxsiy hayot örtasidagi muvozanatni topişga intilyapsizmi? Öz biznesingizga ega bölişni istaysizmi? Soğliğingizni tiklaş kerakmi? Jahlni boşqarişni örganyapsizmi? Yoki hamkoringiz bilan munosabatlarni yaxşilamoqçidirsiz? Maqsadlaringizni aniqlang va ularni iloji boriça tezroq qoğozga tuşiring.
Xulosa
Agar maqsad sari yölda joyingizdan siljiy olmayotgan bölsangiz, öz-özingizga ana şu beş savolni bering. Ularga javob bersangiz, özingiz kutgandan kuçliroq ekaningizni anglaysiz. Qörquv va jamiyat sizga xalaqit berişiga yöl qöymang. Sizda orzuga intiliş va maqsadga erişiş uçun kuç yetarli.
Salbiy fikrlar hislaringizni nazorat qilişiga yöl qöymang. Öz-özingizni tanqid qilişning yomon tomoni yöq: u biror narsa notöğri ekanini tan oliş va harakatlar rejasini töğrilaş imkonini beradi. Biroq özingizni öta qiynaş ham faqat kamçiliklarnigina körişga olib kelişi mumkin.
Mağlubiyat va kamçiliklarni töğri tan olişni örganing. “Omadsizman” deyiş örniga “Omadim kelgan” deyişni örganing.
Ijobiy fikrlaşning mohiyati kamçiliklarni sezmaslik emas, muvaffaqiyatsizliklar haqida açinişlarga berilmaslikda. Öz-özingizdan qoniqmaganingizda hislarga emas, uni özgartiriş uçun nima qila olişingizga e'tibor qarating. Ijobiy fikrlaşni öz-özingiz bilan dialogdan boşlaş mumkin.