Barselonadagi terakt ijroçisi Yunus Abuyoqub Subiratsda yaşovçi sinçkov ayol yordami evaziga aniqlanib, yöq qilindi, deb yozmoqda Pais naşri.

Politsiya versiyasiga köra, Abuyoqub 17 avgustda Barselona markazida piyodalarga urilgan furgonni boşqargan. U hujumni amalga oşirgaç voqea joyidan piyoda ğoyib bölgan. Söngra bir avtomobil egasini öldirib, uning maşinasini olib qoçib, politsiya naryadini urib ketgan.   

Terrorçi qidiruvga berilgandi, uning suratlari politsiya saytlarida joylaştirilgandi. 22 avgust kuni ayol terrorçini Kataloniyadagi Subirats şahrida uçratib qolgan. Abuyoqub ayolning savollariga javob bermay, yaqin oradagi uzumzorga qarab qoçgan. Ayol esa politsiyani çaqirtirgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xudkuş kamari bilan tahdid qilgan terrorçini yöq qilgan. Xudkuş kamari mulyaj bölib çiqqan.