Yodgor Sa'diyev özbek kino va teatr san'atining darğalaridan. Ayniqsa, yozuvçi Tohir Malikning “Şaytanat” asari orqali suratga olingan şu nomdagi filmda ijro etgan Asadbek roli orqali köplab tomoşabinlar mehrini qozongan. KUN.UZ tahririyati Özbekiston davlat mukofoti sovrindori, Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artisti, ustoz san'atkor Yodgor Sa'diyev bilan suhbatlaşdi.

Bugungi kundagi ijodiy jarayon

Şu yilning 3 avgust kuni Prezidentimiz Özbekistonning madaniyat va san'at sohasidagi ziyolilari bilan uçraşuv ötkazdi. Bu juda foydali uçraşuv böldi. Menga eng yoqqani, Prezidentimiz 4,5 soatga yaqin madaniyat va san'at, adabiyot, musiqa sohasida bölayotgan jarayonlar haqida gapirib, buning orasida kamçiliklarni ham röyi-rost aytib ötdilar. Yaxşi otga bir qamçi, deganlaridek, biz bildik-ki, madaniyat, san'at, adabiyot sohasida ham ijodkorlar biroz uyquda ekanliklarini yana bir bora eslatib ötdilar. Öşa kungi uçraşuvdan söng, kötarinki ruhda işlayapmiz. 

Ijod ahli nima sababdan mudrab qolgandi?

Qandaydir xotirjamlikka ozgina qadam taşlab, ötib olgandik. Hammasi yaxşi edi. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning qilgan işlari – bu beqiyos işlar. Köp iş qilinganligi ham odamlarni biroz xotirjamlikka olib keldi. Yöq, buni töxtatiş kerak emas, deyapti bugungi Prezidentimiz. Özbekiston kelajagi buyuk, degan ğoyaga Islom Abduğaniyeviç tamal toşini qöyib bergan bölsa, buni oxiriga yetkazişimiz kerak. Buning uçun yoşlarimizga köproq e'tibor berişimiz kerak, ma'naviyatini, ma'rifatini, ongini kuçaytirişimiz kerak.  

Yoşlar haqida

Yoşlarning ma'naviyatidan ayrim holatlardan taşqari qoniqaman. Yoşlarning qiziquvçanligi, intiluvçanligi menga yoqadi. Ularning aksariyati bilimga, ilmga talpinuvçilar. Men yoşlarni özi yaxşi köraman, lekin ba'zi bir qiliqlarida quyuşqondan çiqib ketaman. Buni men darhol kesib taşlaşga harakat qilaman. Çunki u ildiz otib ketişi kerak emas. Ularning teatrga qiziqişi ham yaxşi, söngan emas. Eng kerakligi, teatrda professionallik bölsa, yoşlar keladi. Sababi ular farqiga boradi.