Farğona politexnika instituti olimlari viloyat hokimligi taşabbusi asosida «Farğonaazot» AJ, Marğilon traktor ta'mirlaş korxonasi hamda «Marğilon temirçi» MÇJ bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov işlarini olib bormoqda, deb xabar berdi ÖzA.

«Tajriba-sinov işlari soy va kanallarning suv oqimi tabiiy şaroiti va kinetik energiyasidan foydalanib işlovçi oddiy, arzon va qulay, avtomatlaştirilgan avtonom mikroGeSlar yaratişga qaratilgan. Bu borada viloyatning suv xöjaligi, elektr tarmoqlari va Farğona mexanika zavodi mutaxassislari bilan birgalikda Mikro-gidroelektrostansiyalar işlab çiqarişni rivojlantiriş va hayotga tatbiq etiş yuzasidan «yöl xaritasi» işlab çiqildi. Birinçi bosqiçda Katta Farğona kanali, Janubiy Farğona kanali, Andijon kanallaridagi suv oqimining talab qilingan tezligi, miqdori, balandlik bosimi, iste'molçilar imkoniyatidan kelib çiqib örtaça quvvati 50 kVt. bölgan 230 mikroGeS quriş mumkinligi aniqlandi. Joriy yilning ötgan davrida Farğona şahridan oqib ötuvçi Marğilonsoyda işga tuşirilgan 2 mikroGeS soatiga 40-50 kVt. energiya işlab çiqarmoqda. Ayni paytda bunday qurilmalarni Oltiariq tumanida xonadonlar uçun ham qöllaş ustida iş olib borilmoqda. Viloyatda 2017-2018 yillarda 200 dan ortiq mikroGeS işga tuşirilişi rejalaştirilmoqda», degan Farğona politexnika instituti professori, texnika fanlari doktori Sirojiddin Ergaşev.

«Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarning Farğona mexanika zavodi bilan kooperatsiya asosida mikroGeSning asosiy qurilmalari – gidroagregat, reduktor, generator va avtomatik boşqaruv tarmoqlarini işlab çiqariş böyiça quvvati tahlil qilinib, har bir yönaliş uçun işlab çiqaruvçilar belgilandi. Hamkorlikning dastlabki samarasi sifatida Farğona mexanika zavodida institut olimlari tomonidan mikroGeS gidroagregatining 50 kVt.dan 300 kVt.gaça bölgan bir neça variantli loyihalari tayyorlanib, işlab çiqarişga topşirildi.

Loyiha mualliflaridan biri, yoş olim Sardor Yusupovning ta'kidlaşiça, mikroGeSlarni işlab çiqarişda kerak böladigan generatorlar hozirça Xitoy yoki Rossiyadan keltirilmoqda. Agar uşbu muhim vositani işlab çiqariş mahalliylaştirilsa, tannarxning ikki barobar arzonlaşişiga erişiladi, yangi iş örinlari yaratiladi. Şu maqsadda institut ilmiy laboratoriyalarida özgarmas tok generatoridagi doimiy tokni özgaruvçan tokka aylantiriş yöllari, mikroGeSning markaziy elektr tarmoqlariga ulaniş sxemalari, avtomatik boşqariş tizimlari ustida izlanişlar olib borilmoqda.

Institut olimlari Oltiariq tumanidagi Maida izol invest korxonasi mutaxassislari bilan birga, mikroGeSlar uçun doimiy magnitli zamonaviy innovatsion generatorlar, avtomatik boşqariş tizimlari, ionno-litiyli va vodorodli akkumulyatorlar işlab çiqaruvçi innovatsiya korxonasini taşkil etiş böyiça hamkorlikda iş olib bormoqda.