Professional faoliyatiga yakun yasagan yamaykalik sprinter, Olimpiya öyinlarining sakkiz karra çempioni, dunyoning eng çopqir insoni maqomiga sazovor bölgan Useyn Bolt endi restoranlar biznesi bilan şuğullanmoqçi. Sobiq sportçi Buyuk Britaniyada Yamayka oşxonalari tarmoğini oçmoqçi.
Daily Mail ma'lumotiga köra, Bolt hamkorlaridan biri hisoblanadigan Yamaykadagi françayzing kompaniyasi (Franjam) Buyuk Britaniyada 5 yil içida 15 restoran oçişni rejalaştirgan.
«Men Yamayka taomlari ta'mini boşqalar bilan bölişişdan mamnun bölaman. Bu ta'mni men bilaman va xuş köraman, endi dunyoning boşqa nuqtalarida, Buyuk Britaniyada şunday restoranlar oçilişidan xursandman», degan Bolt.
Hozirça u Tumanli Albion aholisiga aynan qanday taomlar taklif etayotgani ma'lum emas. Ammo menyuda sportçi tomonidan işlab çiqilgan retsept böyiça tayyorlangan burgerlar böladi. Hozirça instagramda taomlardan biri surati joylaştirilgan.













