Elmurod Norbötayevning uyiga “gazçi”lar keldi. Aytişlariça, qarzdorlik 2 mln. sömdan oşibdi. Ana-mana degunça, uyga ulangan truba tarmoqdan uzib taşlandi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Buyoği rözğorçilik, tabiiy gazning örni bir kun ötar-ötmas bilindi. Ayoli ham “boring, qarzingizni tölasangiz tölang! Bölmasa iltimos qilib, yoqtirib keling”, deb boşini qotirdi. 

Elmurod özi bilan bir söm olmasdan, tavakkal qilib, gaz idorasiga yöl oldi.

-  Qarzingiz, mana 2 mln. 400 ming söm – dedi uni kutib olgan Abror Töliyev.

-  Yöğ-ye, bunçalikmasdir?! Yana bir köring, - unga iltijoli boqdi Elmurod.

Uning dardi vaziyatni tuşuntirib, gazni ulatib oliş edi. Abrorning niyati esa butunlay boşqa – bir nima undiriş.

Xullas, ketmasdan turavergan Elmurodga Abror yölini körsatdi. Aniqroği, 400 dollar evaziga barçasini qoyil qilişini aytdi.

Elmurod biroz soddaligiga bordi va aytilgan pulni qarz-havola qilib yetkazdi. Abror esa aytganidek gazni ulab berdi. Biroq, Elmurodning quvonçi uzoqqa çözilmadi. Yana gazçilar kelib, “qarzingiz 2 mln. 800 mingga yetibdi, uzmaslikning imkoni yöq”, deyişdi-da, uzişdi. Abror bergan ma'lumotnoma iş bermadi.

Fiğoni falakka çiqqan Elmurod oyoğini qöliga olib, gaz idorasiga yugurdi.

Abror heç narsani tan olmadi. Elmurod bu haqda huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga murojaat qildi.

Tergov davomida Abror Töliyev Elmurodning keyingi qarzlarini ham qöşib tölab berdi. Biroq qinğirligi jazosiz qolmadi. Sud hukmi bilan unga nisbatan tegişli jazo tayinlandi.