Germaniyaning ğarbiy qismida yaşovçi muhojirlar dunyoga kelgan qizlarini Germaniya kansleri şarafiga nomlaşdi. Şu tariqa qizaloqning asosiy ismi Angela, ikkinçi ismi Merkel va familiyasi Muhammad böldi va uning töliq ismi-şarifi Angela Merkel Muhammad körinişini oldi.
Qizning ota-onasi 2015 yilda Suriyadan qoçib, Germaniyada boşpana topgan. Ular arab davlatlaridan bölgan muhojirlarga Germaniya çegaralarini oçişga ruxsat bergan Merkelning siyosatiga minnatdorlik sifatida qizlarini şunday nomlaşga qaror qilişgan.
Bu qoçqinlar öz farzandlari ismini Merkel şarafiga qöyayotgan birinçi holat emas.












