Ispaniyalik suzuvçi Fernando Alvares Budapeştda ötayotgan suv sporti turlari böyiça jahon çempionatida Kataloniyadagi teraktlar qurbonlarini yakka özi sukut saqlaş bilan xotirladi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Avvalroq 71 yoşli Alvares faxriylar (70 yoşdan 74 yoşgaça bölgan yoş toifasi) örtasida 200 metrga brass usulida suziş bahsi oldidan musobaqa taşkilotçilariga bir daqiqalik sukut saqlaşni e'lon qilişi iltimosi bilan murojaat qilgan. Biroq uning aytişiça, Xalqaro suziş federatsiyasi uning iltimosiga rad javobini bergan.
Rad javobini olgan Alvares 19 avgustda bölib ötgan suziş bahsi oldidan qolgan sportçilar bilan birga suvga sakramagan. U suvga sakraşdan oldin start tumbasida 60 soniya qimirlamagan holda turgan.
Eslatib ötamiz, 17 avgustda Ispaniyaning Barselona va Kambrils şaharlarida bir qator teraktlar sodir etilgandi. Bu hujumlar oqibatida 15 kişi halok bölgan.
















