AQŞ sudi 2017 yil dekabrda Nyu-York markazida portlovçi qurilmani harakatga keltirgan bangladeşlik Aqoyid Ullani barça ayblovlar böyiça aybdor deb topdi. Ayblovlar orasida xorijiy terrorçilik taşkilotini moliyaviy qöllab-quvvatlaş, ommaviy qirğin qurolidan foydalaniş va jamoat joyida portlaşni taşkillaştiriş ayblovlari bor.
Ullaning avdokatlari u jamiyatda özini yakkalangan his qilgani uçun öz joniga qasd qilmoqçi bölganini vaj qilişgan. Ammo ayblov tomoni bu vajni rad etib, sudlanuvçi faqat özini öldirmoqçi bölganda portlovçi qurilmadan foydalanmagan bölişiga işora qilgan. Ayblov Ullaning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarini va qölga olingandan keyin tergovçilarga bildirgan iqrorini bunga isbot sifatida keltirgan.
The New York Times naşrining ma'lum qilişiça, Ulla uşlangandan keyin huquq-tartibot idoralari xodimlariga portlaşni IŞID taşviqoti ta'siri ostida amalga oşirganini tan olgan.
Manxettendagi portlaş 11 dekabrda 42-köçadagi yer osti ötiş joyida sodir etilgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, Ulla tanasiga mahkamlangan qölbola portlovçi qurilmani portlatgan. Natijada u yaralanib, şifoxonaga yetkazilgan. Portlaş vaqtida yana 3 kişi jarohat olgan.
Ullaga çiqariladigan jazo keyinroq e'lon qilinadi. Unga umrbod qamoq jazosi berilişi mumkin.

















