Şri-Lankada katolik çerkovlar va mehmonxonalardagi portlaşlarda halok bölganlar soni rasmiy ma'lumotlardagidan taxminan 100 nafarga kamroq bölişi mumkin. Bu haqda mahalliy hokimiyatning ikki nafar yuqori lavozimli amaldoriga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
24 apreldagi ma'lumotlarga köra, 21 aprelda sodir etilgan teraktlarda 359 kişi halok bölgan, yana 500 ga yaqin odam bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
Şri-Lanka soğliqni saqlaş xizmati boş direktori Anil Jasingxening ma'lum qilişiça, qurbonlarning real soni 250-260 nafar bölişi mumkin.
“Aniq ayta olmayman. U yerda soçilib yotgan köplab tana qismlari bor edi va aniq sonni aytiş qiyin”, deb aytgan Jasingxe.
Öz navbatida mudofaa vaziri örinbosari Ruvan Viyevarden qurbonlar soni ölikxonalar tomonidan taqdim qilingan noaniq ma'lumotlar sababli 253 nafargaça kamayişi mumkinligini aytgan.
Şri-Lankada 21 aprelda poytaxt Kolombo, uning atrofidagi hududlar, Negombo va Battikaloa şaharlarida 8 ta portlaş sodir etilgan. 3 ta portlaş Pasxa nişonlanişi vaqtida çerkovlarda, qolganlari esa mehmonxonalarda amalga oşirilgan.
Uşbu portlaşlar uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.

















