Yangi Zelandiyaning Kraystçerç şahri okrug sudi şahardagi masjidlarda sodir etilgan otişmalar haqidagi materiallarni tarqatişda ayblangan 44 yoşli Filip Arpsni 21 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda The New Zealand Herald naşri xabar berdi.
Sud jarayoni vaqtida Arps masjidlarga hujum videosini tarqatişdagi aybini hamda bu videolarga “halok bölganlar sonini körsatuvçi hisoblagiç va nişonga olgiç tasvirlarini qöşib qöyganini” tan olgan. Sudya ayblanuvçiga nisbatan hukm çiqarayotib, Arps teraktning keyingi kuni hujum videoyozuvini tarqatib “öta şafqatsizlik” namoyiş qilgani va buni “musulmonlarga nafrat” negizida amalga oşirganini ta'kidlab ötgan. Sudya real qamoq jazosining şartlisi bilan almaştirilişi haqidagi iltimosni darhol rad etib, bu holatda uşbu qonunbuzarlik yana takrorlanişi mumkinligi xavfi yuqoriligini aytgan.
Politsiya ma'lumotlariga köra, Kraystçerçda yaşovçi Arps 2019 yil 15 mart kuni Brenton Tarrant tomonidan amalga oşirilgan terakt videoyozuvi bilan ijtimoiy tarmoqlarda bölişgan. Keyingi kun u uşbu materiallarga “qurbonlar sonini körsatuvçi hisoblagiç va nişonga olgiç tasvirlarini qöşib”, ularni yana tarqatgan. Masjidlarga hujum videosi 15 mart kuni nomaqbul topilib, uni tarqatiş taqiqlangan.
15 mart, juma kuni Kraystçerçdagi ikkita masjidga uyuştirilgan hujum oqibatida 50 kişi halok bölgandi, 50 kişi jarohatlangandi. Uşbu jinoyatni sodir etiş gumoni bilan avstraliyalik 28 yoşli Brenton Tarrant qölga olindi.

















