21 avgustda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev "2017 yilda ğöza defoliatsiyasini öz vaqtida va samarali ötkaziş böyiça kompleks taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida"gi 3229-sonli qarorni imzoladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Ğözani sifatli defoliatsiya qiliş, paxta hosilini erta muddatlarda yiğiştirib oliş va paxta teriş maşinalaridan samarali foydalaniş uçun dalalarni öz vaqtida tayyorlaş maqsadida:

1. Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligining Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan kelişilgan 2017 yilda ğöza defoliatsiya qilinadigan maydonlar va uning maqbul muddatlari töğrisidagi 1-ilovaga muvofiq takliflari qabul qilinsin.

2. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari çigit ekiş muddatlari, navi va ğözaning yetiliş davri, joylardagi ob-havo-iqlim şaroitlarini, kösak oçilişi sur'atlarini hisobga olgan holda tumanlar va fermer xöjaliklari böyiça ğözani 1-ilovada belgilangan maydonlar va muddatlarda defoliatsiya ötkaziş yuzasidan aniq çora-tadbirlar körsinlar.

Ğöza defoliatsiyasining belgilangan muddatlarda va sifatli ötkazilişi hamda defoliantlarni işlatiş normalari va tavsiyalariga qat'iy rioya etilişi uçun şaxsiy javobgarlik Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Özagrokimyohimoya” AJ rahbarlari zimmasiga yuklansin.

3. Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari - Qişloq va suv xöjaligi vaziri Z.T.Mirzayev:

beş kun muddatda defoliatsiyaga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş işlarini muvofiqlaştiruvçi respublika ekspert işçi komissiyasini, şuningdek Qoraqalpoğiston Respublikasida, viloyatlar va tumanlarda ekspert işçi komissiyalarni şakllantirsin, ularning tarkibiga Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, “Özpaxtasanoat”AJ, Özbekiston “Sifat” markazi, “Özagrokimyohimoya” AJ mutaxassislarini kiritib, ularning zimmasiga ğöza defoliatsiyasi işlari taşkil etilişi va kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilişi yuzasidan tizimli nazoratni ta'minlaşga doir aniq vazifalar yuklasin;

defoliatsiya işlari ötkazilişi yuzasidan qat'iy va doimiy nazoratni ta'minlasin hamda agrotexnika tadbirlarini ötkaziş borasida belgilangan muddatlar va me'yorlarga rioya etişni ta'minlamayotgan mansabdor şaxslarga nisbatan qat'iy javobgarlik çoralarini körsin.

4. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari, Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, “Özagrokimyohimoya” AJ, “Özagroservis” AJ joriy yilning 31 avgustigaça bölgan muddatda: