2016 yilgi Yevropa çempionati finalida Portugaliya terma jamoasi tarkibida ğalaba töpini kiritgan futbolçi Eder (Ederzitu Antoniu Masedu Lopiş) Moskvaning “Lokomotiv” klubiga ötdi.

Klubning ma'lum qilişiça, 29 yoşli öyinçi sotib oliş huquqi bilan mavsum oxirigaça ijaraga olindi.  

Portugaliyalik futbolçi oxirgi ikki mavsumni Fransiyaning “Lill” klubida töp surgan va 51 ta öyinda 13 ta gol muallifi bölgan. Ötgan mavsum natijalariga köra “Lill” Fransiya çemionatida 11-örinni egalladi. “Lokomotiv” esa joriy mavsumda Rossiya çempionatida “Zenit”dan 3 oçko ortda qolgan holda 2-örinda ketmoqda.

Yevro-2016’da Eder ikkita öyinda iştirok etgan. U musobaqadagi yagona golini musobaqaning finalida qöşimça vaqtda Fransiya terma jamoasi darvozasiga kiritgan. Öşanda u zaxiradan Renatu Sanşeş örniga maydonga tuşgandi. Uçraşuv 1:0 hisobida yakunlangan va portugallar Yevropa çempionati ğolibligini qölga kiritgandilar.