KXDR yetakçisi Kim Çen In kimyoviy materiallar ilmiy institutiga bordi va qattiq yoqilğidagi raketa dvigatellari hamda jangovar kallaklar işlab çiqarişni köpaytiriş haqida buyruq berdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar qilmoqda.
«Uning buyruğiga köra, institut qattiq yoqilğidagi raketa dvigatellari va uglerod hamda aralaş materiallardan foydalangan holda jangovar kallaklar işlab çiqarişni köpaytiradi», - deyiladi xabarda.
Avvalroq Pxenyan AQŞ va Janubiy Koreyaning harbiy maşqlarini kuzatayotgani hamda fitna harakati röy beradigan bölsa, ogohlantiruvçi zarba berişga tayyorligi ma'lum qilingandi.

















