AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis çorşanba kuni Ukrainaga taşrifini boşlamoqda, uning davomida u Vaşington Kiyev bilan strategik şeriklik tarafdori ekanini yana bir bora alohida ta'kidlab ötmoqçi.

Asosiy iş dasturi 24 avgust kuni boşlanadi va Ukraina mustaqilligi kuniga bağişlanadi. Pentagon rahbari taşrif davomida prezident Pyotr Poroşenko hamda mudofaa vaziri Stepan Poltorak bilan muzokaralar ötkazadi. Şuningdek, u bayram şarafiga uyuştiriladigan paradda ham qatnaşadi.

Strategik şeriklik

Mettis keça xorijiy turneda öziga hamrohlik qilayotgan jurnalistlar bilan muloqot qilar ekan, taşrif davomida Vaşington Kiyevning demokratik sa'y-harakatlarini ma'qullaşiga alohida e'tibor qaratib ötiş niyatida ekanini aytdi. Amerikalik vazirning qayd etişiça, "demokratik va suveren davlatni quriş oson emas".

"Men biz strategik şeriklik tarafdori ekanimiz hamda suverenitet va hududiy yaxlitlikni qöllab-quvvatlaşimizni ta'kidlab ötmoqçiman", - dedi amerikalik vazir. Uning tasdiqlaşiça, AQŞ Ukraina qurolli kuçlarini tayyorlaş va jihozlaşda yordam berişni davom ettiradi.

Mettis Ukrainadagi muammoni hal qilişda diplomatik uslublarga e'tibor qaratilişini eslatib ötdi hamda özi bilan Kiyevga AQŞning Ukraina böyiça maxsus vakili Kurt Volker kelişini ma'lum qildi.

"Men AQŞ davlat kotibi Reks Tillersonning u yerda bizning NATO böyiça ittifoqçilarimiz va Ukraina bilan Rossiyaga bosim ötkaziş borasidagi hamkorligimiz böyiça sa'y-harakatlarini ham qöllab-quvvatlayman. Bu Rossiya Minsk kelişuvlari doirasida öz majburiyatlarini bajarişi uçun kerak", - deya ta'kidlab ötdi u. Uning sözlariga köra, bu “öt oçişni darhol töxtatiş, oğir qurol-yaroğlarni olib çiqib ketiş va YeXHT kuzatuvçilarining kiritilişini” nazarda tutadi.

Pentagon matbuot xizmatidan bildirişlariça, taşrifning maqsadi “AQŞ Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklaş, şuningdek, ikki davlat örtasidagi mudofaa böyiça strategik şeriklikni mustahkamlaş tarafdori ekanini tasdiqlaş”.

Birinçi uçraşuv emas

Mettis Amerika harbiy mahkamasiga 2006-2011 yillarda rahbarlik qilgan Robert Geytsdan söng Ukrainaga taşrif buyurayotgan AQŞning ilk mudofaa vaziri böladi. Biroq u Poroşenko bilan taniş. Xususan, har ikki siyosatçi Ukraina prezidenti Vaşingtonga taşrif bilan kelganida Pentagonda uçraşgan.

Öşanda ham amerikalik vazir “jahon tartibini qöllab-quvvatlab turuvçi” prinsiplarga rioya etiş, hamda şeriklikni davom ettiriş niyatida haqida gapirgandi. Poroşenko esa özaro manfaatlar va ikki davlat örtasida tajriba almaşiş muhimligini ta'kidlab ötgan.