Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Uluğbek Röziqulov boşqa işga ötişi munosabati bilan öz lavozimidan ozod etildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Şavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni Uluğbek Röziqulovni «Özavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisligi hamda boş vazir örinbosari - Eksport salohiyatini va maşinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantiriş, mahsulotlarni standartlaştiriş masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etiş haqidagi farmonini imzolagan.

Bundan avvalroq Uluğbek Röziqulov Özbekiston Futbol Federatsiyasi prezidentiga aylanişi haqida xabarlar tarqalgandi.