Uluğbek Röziqulov Özbekiston gimnastika federatsiyasining raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

17 iyun kuni Milliy Olimpiya qömitasida Özbekiston gimnastika federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi. Federatsiyaning avvalgi rahbari (Şavkat Umrzoqov) boşqa işga ötgani munosabati bilan taşkilotga yangi rais saylaş konferensiya kun tartibidagi asosiy masala böldi.

MOQ boş kotibi Oybek Qosimov uşbu lavozimga federatsiya boş homiysi «Özavtosanoat» AK boşqaruv raisi Uluğbek Röziqulov nomzodini ilgari surdi. Konferensiya qatnaşçilari bir ovozdan uşbu nomzodni qöllab-quvvatladi va Uluğbek Röziqulov Özbekiston gimnastika federatsiyasi raisi etib saylandi.

  • Uluğbek Röziqulov 2023 yil mart oyida Şavkat Umrzoqov örniga «Özavtosanoat» rahbari etib tayinlangandi.