UzAuto Motors IPO doirasida 0,3 foiz aksiyalar paketini fond birjasiga çiqargandi. Oçiq bozorga qöyilgan birinçi kunda kompaniyaning har bitta aksiya narxi 78 697 sömni taşkil etgan bölsa, 27 mart 12:30 holatiga aksiyalar narxi 55 ming sömgaça yoki 30 foizdan köproqqa arzonlaşgan.
E’tiborli jihati, Şavkat Umrzoqovning “Özavtosanoat” rahbarligidan ketişi fonida kompaniya aksiyalari 63 586 sömgaça kötarilgan. Uluğbek Röziqulovning “Özavtosanoat” rahbarligiga qaytişi e’lon qilingan kundan buyon esa kotirovkalar narxi 55 ming sömgaça tuşib ketdi.
Avvalroq, “Özavtosanoat”ga 2018 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Şavkat Umrzoqov Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi. Uning örniga Özbekistonning Indoneziyadagi elçisi sifatida işlab kelayotgan Uluğbek Röziqulov taşkilot rahbarligiga qaytdi. U 2015-2017 yillarda ham “Özavtosanoat”ga rahbarlik qilgan.












