«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu Neymar «PSJ»ga ötişini avvaldan bilgan. Bu haqda Sport xabar tarqatdi.
22 iyul kuni Bartomeu Nyu-Yorkda futbolçi bilan uçraşib, uning kelajagi böyiça muzokara ötkazgan. Neymar 15 daqiqa davomida «Barselona» prezidentiga «PSJ»dan jiddiy qiziqiş bölişiga qaramasdan, uning uçun klub manfaatlari birinçi örinda bölişi haqida gapirgan. Ammo Bartomeu braziliyalik futbolçining sözlariga işonmagan.
«U mening közimga qarab gapirar va menga klubdan ketiş niyatida emasligini aytardi», – degan Bartomeu.
Manba ma'lumotiga köra, şu kuniyoq «Barselona» rahbari klub sport direktori Robert Fernandes bilan uçraşgan va unga Neymarga örinbosar qidiriş kerakligini aytgan.
Neymarning «PSJ»ga transferi 3 avgust kuni amalga oşirildi.












