Psixolog Kurt Grey faoliyati davomida 1982-2013 yillar oraliğida sud qaroriga köra, ölim jazosiga mahkum etilgan 500 nafar mahbusning AQŞ Adliya vazirligining rasmiy saytida çop etilgan jazo ijrosi oldidan sözlagan nutqlarini örganib çiqdi.
Közga yaqqol taşlangan jihati şundaki, mahbuslar ölim oldida özini yaxşi his qila boşlagan, kayfiyati çoğ bölgan va ijobiy sözlar bilan fikrini bayon etgan. Olimni bir savol öylantirib qoladi: ijobiy kayfiyat paydo bölib qolişi tasodifiy edimi yo bu öziga xos psixologik unsurmi?
Tadqiqotçi olim Şimoliy Karolina universiteti, Çapel-Hill markazida ötkazgan vaqti davomida bedavo kasallikka uçragan bemorlar bilan suhbatda bölgan. Qiziği şundaki, mahbuslar va bemorlarning özini tutişi hamda nutqidagi sözlar deyarli öxşaşib ketardi.
Kurt Grey va uning jamoasi amiotrofik lamellar sklerozi hamda ösimta kasalliklaridan aziyat çekayotgan kişilarning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirayotgan blogpostlarini kuzatib bordi. Oldindan ma'lum bölganidek, ölim vaqtini kutib yaşayotgan inson hayot taşvişlari bilan yurgan odamlarga nisbatan kötarinki kayfiyatda böladi. Ulardan birida şunday deyilgan:
«Balki şu haftalarda men umrimning oxirgi soniyalarini yaşab ötayapman. Ammo bu yoruğ olamda mehribon va mö'tabar insonlar bilan yelkadoş yaşadim, avvallari sezmaganim, tabiat bergan ne'matlarni köra bildim. Ayni holatimga e'tibor qilmagan holda, qarasangiz, men umrimning eng yaxşi damlarini yaşab ötyapman».
Bemorlarning aksari ölim vaqtiga yaqinlaşgan sari «sevgi», «mehribonçilik», «baxt» kabi sözlarni köp takrorlagan. Bularning barçasi 2007 yil Harvard psixologi Den Gilbert tomonidan naşr etilgan «Baxtga qoqilib tuşiş» (Stumbling on Happiness) kitobida tuşuntirib berilgan «psixoimmun tizim» faoliyatini amalda isbotlab beradi. Bu tizim şunday işlaydiki, noçor va tuşkun holda qolgan jism psixo-ong ta'sirida hayotning eng yorqin tarafini körişga majbur qiladi. Biror falokat oqibatida jabr körgan kişi, muammolar iskanjasida qolgan holda sarosimaga tuşib qolmasligi uçun psixoimmun öz faoliyatini jadallaştiradi. Natijada bularning barçasiga tan berib, xatolarimiz ustida işlaymiz, qoronğilikdan yoruğlikni qidiramiz.
Agar bu xavf ölim va undan qutulişning iloji bölmasa, kişi ijobiy fikrlaşga hamda hayotda ratsional öylaşga örganadi. Aynan şu izoh mahbuslar, bemorlarning umrining sönggi damlarida özgaça ijobiy kayfiyat bilan oyna ortidan taşqariga qaraganini tuşuntirib beradi. Bu nazariyani tasdiqlaş uçun Grey onlayn sörovnoma orqali bir savolni örtaga taşlaydi: ölimingiz oldidan nima degan bölardingiz? Respondentlar mahbuslarning nutqi farqli ravişda agressiyaga ham berilgan. Lekin, juda köp ölimga mahkum etilganlar sönggi söz örnida oilasi va yaqinlariga minnatdorçilik bildirgan, aybi uçun Yaratgan oldida ibodat qilgan.











