Ma'lumki, belgilangan tartibni buzib, valyuta qimmatliklarini oliş yoki ötkaziş davlat valyuta zaxiralariga katta miqdorda ziyon yetkazişi bois, qonunlarga köra, bunday harakatlar taqiqlangan. Bu kabi holatlarni foş etiş hamda oldini oliş borasida Respublika Boş prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan çora-tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Xususan, SVOJJDLQK departamentining Ellikqal'a şahar bölimi xodimlari tomonidan hududdagi dehqon bozorida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Farid Ataxanov (ism-familiyasi özgartirilgan) qonunga xilof ravişda fuqaro Azamat Rustambekovga jami 4 ming 300 AQŞ dollari hamda 1 ming Qozoğiston tengesini sotayotganida qölga olindi.

Mazkur holat böyiça Farid Ataxanovga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, sud hukmi bilan uning harakatlariga huquqiy baho berildi va jinoyat uçun jazo muqarrarligi ta'minlandi.