Xitoy şimolidagi Şansi viloyatida yirik gaz koni topildi. Uning zaxiralari 545,6 mlrd kubometr ekani taxmin qilinmoqda, deb xabar berdi Sinxua agentligi.

Şansi viloyati Xitoyda kömir zaxiralari böyiça ikkinçi örinni egallaydi. 2006 yilda Yuyşe, Tszotsyuan va Useyan uyezdlari bilan çegaradoş tumanda yirik kömir koni topildi. Keyinçalik geologiya qidiruv işlari u yerda gazning ham katta zaxiralari borligini körsatdi.

Viloyatning yer va tabiiy resurslarni boşqarmasi rahbari örinbosari Çjou Tszipenning sözlariga köra, 2015 yilda qidiruv işlari boşlangaç, mutaxassislar kömir qatlamlarida 241,5 mlrd kubometr gaz, 304,1 mlrd kubometr slanetsli gaz zaxirasi bor ekanini aniqlaşdi.