«PSJ» «Monako» hujumçisi Kilian Mbappe transferining sönggi jihatlari haqida kelişib oldi va yaqin orada şartnoma haqida rasman ma'lum qilişi kerak, deya xabar bermoqda Le Parisien.
Naşr ma'lumotiga köra, monegasklar parijliklarning sönggi taklifini qabul qilgan va Kilian uçun 150 mln yevro hamda bir öyinçini oladi. Neymar uçun yaqinda 222 mln yevro tölagan qizil-köklar moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uçun qator futbolçilarni qöyib yuborişi lozim böladi. Klubni Serj Ore, Hotam Bin-Arfa, Gjyegoj Krixovyak, Gonsalu Guedeş, Lukas Moura, Yulian Draksler va Anxel Di Mariya tark etişi mumkin.
Mbappening monegaskliklar klubi bilan amaldagi şartnomasi muddati 2019 yilgaça. U 2015 yildan buyon şu jamoa safida töp suradi. Uning ötgan mavsumdagi yorqin öyinlaridan keyin «Arsenal», «Real», «Barselona», «Yuventus» va «Mançester Siti» kabi jamoalar e'tiboriga tuşgan, ammo fransuzlar klubi barça takliflarni rad qilgandi.
Avvalroq Mbappe «PSJ» bilan beş yillik şartnoma haqida kelişib olgani xabar berilgandi.












