Meksikaning Motores Limpios kompaniyasi bir neça oydan söng Zacua nomli elektromobillarini seriyali işlab çiqarişni yölga qöyişini e'lon qildi. Savdoda narxi 25 ming dollardan boşlanuvçi ikki model paydo böladi. 

Avtomobil kompaniyasi rahbari Xorxe Martinesning izohiga köra, elektromobillar işlab çiqariş zarurati global iqlim özgarişi va boşqa ekologik muammolar bilan boğliq. Bu kabi maşinalar mamlakatning atrof-muhit ifloslanişiga qarşi kuraşida ilk qadam bölişi mumkin. 

Zacua elektromobillari xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Fransiyaning Automobiles Chatenet firmasi maşina dizaynini yaratgan bölsa, Ispaniyaning Dynamik Technological kompaniyasi muhandislari uning motorini işlab çiqişda kömak berişgan. 

Dastlab savdoga ikki örindiqli avtomobil çiqariladi. Uning uzunligi 3 metrni, eni 1,5 metrni taşkil etadi. Elektrokar balandligi 1,4 metr bölgani holda vazni 380 kgni taşkil etadi. U 115 kmgaça yura oladi. Eng yuqori tezligi soatiga 100 kilometr.