«PSJ» yarimhimoyaçisi Anxel Di Mariya hamon «Barselona»ga ötişi mumkin bölib turibdi. Bu haqda Diario Sport naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, argentinalik futbolçi kataloniyaliklar klubiga ötişga yaqin turibdi. «PSJ» futbolçini 50 million yevro evaziga sotişi mumkinligini ma'lum qilgan. «Barselona»ning Di Mariyaga qiziqişi «Liverpul» va «Borussiya» bilan mos ravişda Filippe Koutino va Usmon Dembele bilan muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgaç, paydo bölgan.

Di Mariyaning özi «Barselona» bilan 4 yillik şartnoma imzolaşga kelişib olgan. «PSJ» «Barselona» bilan aloqalari yomon bölişiga qaramasdan, moliyaviy feyr-pley qoidalariga moslaşiş uçun argentinalik futbolçini sotişga tayyor bölib turibdi.

Eslatib ötamiz, oldinroq, Le Parisien bergan xabarga köra, Nosir al-Xalayfiy Jozep Bartomeu bilan suhbatda Di Mariyani sotmasligini ta'kidlagan.