Butun dunyo insoniyati qaşşoqlik, tengsizlik va iqlim özgarişi bilan boğliq bölgan muammolarning yeçimini talab qilmoqda. 13-21 avgust kunlari bir qança bosqiçda ötkazilgan «Unleash» brendi ostidagi tanlovda, dunyoning 129 davlatidan ön minglab yoş iqtidorlar orasidan saralab olingan nomzodlar global şaroitni yaxşilaş va taraqqiy etgan jamiyatni quriş yölida öz ğoyalari bilan iştirok etdilar.
Yevropaning joriy madaniy poytaxti Orxus şahrida (Daniya) yakuniy bosqiçi ötkazilgan Global innovatsion ğoyalar tanloviga mamlakat malikasi Mariya janobi oliyalari, BMTTD administratori Axim Ştayner, Lindager Group asosçisi Anders Lendager, Daniya Boş vaziri Lars Lyokke Rasmussen, Khan akademiyasi asosçisi Salmon Xon, Hollivud yulduzi hamda Times naşriyotining «Dunyoning eng kuçli 100 kişisi» röyxatidan örin olgan aktyor Eşton Katçer hamda köplab moliyaviy taşkilot vakillari, işbilarmon tadbirkorlar taşrif buyurdi. Şuningdek, tadbirga Bestseller, Microsoft, Grundfos, Vestas, Carlsberg, Pepsi, Deloitte, Dalberg va boşqa yirik kompaniyalar homiylik qilgan.
Tanlov iştirokçilari safiga Markaziy Osiyodan beş nafar nomzod qabul qilingan bölib, mingdan ortiq ğoyalar içida özbekistonlik Azizbek Karimov jamoasi bilan birga taklif etgan loyiha BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarida körsatilgan ön ikkinçi yönaliş (Mas'uliyatli iste'mol qiliş va işlab çiqariş) böyiça 200 jamoa orasidan ikkinçi öringa loyiq deb topildi.

KUN.UZ muxbiri Azizbek bilan boğlanib, uni faoliyatidagi muvaffaqiyatlar bilan tabrikladi.
«Biz loyihamizning oliy örinlardan biriga loyiq köringanidan xursand böldik. Natija yomon emas, tekstil va moda sohasida, qişloq xöjaligining ikkilamçi mahsulotlaridan tayyorlangan matolarni hamda insoniyatga zarari kam bölgan matolar kölamini oşirişda qöl keladigan internet platforma prototipini taklif qildik. Bu albatta fermerlar va boşqa organik hamda bio mahsulotlar işlab çiqaruvçi tadbirkorlar uçun qöşimça daromad yaratiş kanallarini hosil qiladi. Biz tanlov tarixida ilk ğoliblar sifatida e'tirof etildik va bu hayajonli, albatta», deydi Azizbek.
Aytib ötiş joizki, mazkur tanlov endilikda har yili dunyoning boşqa şaharlarida taşkillaştirilib, 2030 yilda Nyu-York şahrida nihoyasiga yetadi. Ayni paytda Azizbek Karimov boş ştabi Meksikada joylaşgan, Xalqaro buğdoy va makkajöxori hosildorligini oşiriş tadqiqot markazida xalqaro toifadagi iqtisodçi olim sifatida faoliyat olib boradi.
«Endi har birimizning oldimizda mas'uliyat katta: yirik moliyaviy taşkilotlar va fondlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş uçun, hamda yana yangi loyihalar ustida iş olib borişimiz uçun ajoyib imkoniyat paydo böldi», deb fikr bildirdi u.











