Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi özining navbatdagi şarhida Özbekiston köçmas mulk bozorida sodir bölgan özgarişlarni tahlil qildi.
Qayd etilişiça, 2024 yilning iyunida köçmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni kamayib, jami 20,2 mingtani taşkil qilgan.
«Joriy yilning birinçi yarmi yakunlari böyiça köçmas mulk bozorida umumiy savdolar hajmi 5,7 foizga pasaydi. Ammo hududiy kesimda vaziyat bir turli bölmagan dinamika bilan xarakterlanadi, Andijon, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida faollik oşgani qayd etilgan.
Tahlil köçmas mulk bozori beqarorligi va qisqa muddatli tebranişlariga işora qilmoqda. Xususan, bir oy davomida faollik 6,4 foizga pasayib, ikki oylik ijobiy dinamika örnini egalladi. Holbuki may oyida sotuvlar 9 foizga, aprel oyida esa 11 foizga oşgan edi. Yil davomida sotuvlar esa deyarli 14 foizga pasaydi», deyiladi ITIM şarhida.

Hududiy köçmas mulk bozoridagi vaziyat
Iyun oyida hududlar kesimida köçmas mulk bilan boğliq operatsiyalarning eng köp pasayişi Sirdaryo, Buxoro va Andijon viloyatlarida kuzatilgan –mos ravişda 21 foiz, 20 foiz va 16 foiz.
Respublikaning aksariyat hududlarida sotuvlar pasayişiga qaramasdan, Toşkent şahrida ijobiy dinamika saqlanib qolgan. Hisobot davrida poytaxtda faollik deyarli 5 foizga ösgan.
Joriy yilning birinçi yarmi yakunlari böyiça Özbekiston köçmas mulk bozorida umumiy savdolar soni 5,7 foizga pasaygan. Mazkur pasayiş ayniqsa, Navoiy viloyatida sezilarli bölib, operatsiyalar 26,5 foizga qisqargan. Bu körsatkiç Toşkent şahrida 13,8 foizni, Jizzax viloyatida 10,6 foizni taşkil etgan.
Şu bilan birga, bir qator hududlarda ijobiy dinamika qayd etilgan. Xususan, 6 oy içida ötgan yilning mos davri bilan soliştirganda eng köp ösiş Andijon (12,7 foiz), Xorazm (8,3 foiz) va Qaşqadaryo viloyatlarida (6 foiz) kuzatilgan.
Toşkent uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat
Poytaxt ijara bozori may oyida biroz tiklanişdan söng, yana pasayiş bilan xarakterlandi. Xususan, Toşkentda ijaraning örtaça bahosi 1,2 foizga pasayib, bir kvadrat metr uçun 8,3 dollarni taşkil etdi.


















