Şvetsiyalik tajribali hujumçi Zlatan Ibrahimoviç «Mançester Yunayted»ga qaytdi.
Mançesterliklar klubi rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, 35 yoşli futbolçi klub bilan 1 yillik şartnoma imzoladi. U jamoada 10-raqam ostidagi futbolkada harakat qiladi.
Ibrahimoviç «MYu»ga ötgan mavsumda kelib qöşilgan, ammo may oyida Yevropa Ligasi uçraşuvida jarohat olib, yil oxirigaça safdan çiqqandi.












