2017 yilning 22-25 avgust kunlari Yançjou şahrida (Xitoy) Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Hindiston, Pokiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va Özbekiston vakillari taşkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari va Davlat rahbarlari kengaşi, Hukumat rahbarlari (boş vazirlar) kengaşi, Taşqi işlar vazirlari kengaşi va boşqa nizomiy organlar majlislarining kun tartibi va ötkaziliş jadvali yuzasidan fikr almaşişdi.
Xitoy tomoni özining ŞHTga raisligi doirasida amalga oşiriş közda tutilgan harakatlar dasturini taqdim etdi.
Özbekiston delegatsiyasi milliy koordinatorlarga Toşkent şahrida böladigan ŞHTga a'zo davlatlar Adliya vazirlari va Oliy sudlar vakillari yiğilişlariga tayyorgarlik jarayoni haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, majlisda ŞHT kun tartibining boşqa masalalari ham körib çiqildi.












