Qaşqadaryo viloyati IIBning boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazgan tadbir davomida Şahrisabz şahrining “Çölpon” MFY hududidagi xonadonlarning birida yaşirin sex taşkil etilgani aniqlandi. Unda 1952 yilda tuğilgan Ya.S. qölbola usulda texnik spirtdan aroq tayyorlayotganligi aniqlandi. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ya.S. özining noqonuniy harakatiga öğli va jiyanini ham jalb qilgan. Ularning vazifasi 0,5 litr siğimli şişa idişlarga “Şahrisabz” aroq-vino zavodi yorliqlarini yopiştirib, donasini 6800 sömdan mijozlarga tarqatiş bölgan. 

Bundan taşqari Ya.S.ning uyi közdan keçirilganda 60 litrli idişda iste'molga yaroqsiz etil spirtini qayta işlovçi qölbola uskuna, 588 dona “Şahrisabz” aroği yorliqlari yopiştirilgan tayyor aroq içimligi, 52 litr spirt, 400 dona metall qopqoq, 3200 dona aksiz marka, 400 ta sellofan qoplagiç, 170 litr qadoqlanmagan aroq, 1920 ta “Şahrisabz” aroği yorliqlari yopiştirilgan şişa idişlar, 12 kg qadoqlaşga möljallangan sellofanlar borligi aniqlanib, daliliy aşyo sifatida olindi. 

Holat yuzasidan tezkor suriştiruv işlari olib borilmoqda.