Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” milliy matolar festivali o‘tkaziladi
O‘zbekiston hunarmandlar uyushmasi, YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, DVV International vakolatxonasi va bir qator homiylar bilan hamkorlikda joriy yilning 12-16 sentabr kunlari Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” milliy matolar festivali o‘tkaziladi. Festivalning dastlabki kunlarida Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan hunarmandlar ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. Taniqli va mashhur xorijlik mutaxassislar o‘z salohiyatlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi.
15 sentabr sanasida Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazida “Atlas bayrami” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator xorijlik hamkorlar, taniqli hunarmandlar, mashhur dizaynerlar ishtirok etadi.
Festival doirasida “Markaziy Osiyo xalqlari a'nanaviy matolar va barqaror rivojlanish” mavzusida anjuman, “O‘zbek an'anaviy gilamchilik san'ati” ko‘rgazmasi, xalq sayli, askiya va katta ashula ijrochiligi, folklor jamoalarning chiqishlari, kurash musobaqlari, dorboz hamda qo‘g‘irchoq o‘yinlari namoyishi ham o‘tkaziladi. Darvoqe, viloyatlardagi oshpazlar ishtirokida osh tanlovi ham bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, taniqli hunarmandlarning noodatiy mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda yosh dizaynerlarning liboslar taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Viloyatlardan tashrif buyurgan hunarmandlarning milliy mahsulotlarini esa festivalga tashrif buyurganlar xarid qilishlari mumkin. O‘zbek estrada yulduzlari ishtirokida gala-konsert ham “Atlas bayrami” festivalining dasturiga kiritilgan.
Ahror Ziyo, Farg‘ona
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
13:40 / 27.09.2025
Marg‘ilonda tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi
14:40 / 08.08.2025