Özbekiston va Ukraina örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga 25 yil tölişi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari qutlov maktublarini özaro almaşdilar. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning maktubida şunday deyiladi: “Sizni Ukraina va Özbekiston Respublikasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan muborakbod etaman”.
Poroşenkoning umid bildirişiça, “çorak asrlik teng munosabatlar tarixi davlatlarimiz örtasida şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş uçun işonçli asos sanaladi”.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning öz maktubida ta'kidlaşiça, “ötgan davr mobaynida mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasidagi an'anaviy döstona munosabatlar özaro hurmat, manfaatlarni hisobga oliş va tuşuniş ruhida izçil rivojlangan va mustahkamlanib borilgan”.
Özbekiston rahbarining qayd etişiça, “Özbekiston-Ukrainaning özaro manfaatli hamkorligi, ayniqsa savdo-iqtisodiy sohada, mamlakatlarimiz xalqlarining farovonligi uçun bundan keyin ham kengayadi va çuqurlaşib boradi”.












