Rossiyada KXDRning birinçi rasmiy sayyohlik agentligi "NKorean" iş boşladi. Agentlik Şimoliy Koreya hukumati tomonidan litsenziyalangan. Bu haqida Turagentliklar ittifoqi prezidenti Sergey Golovning sözlariga asoslanib, "Vedomosti" naşri xabar berdi.

Agentlik sayyohlarga KXDRda xavfsizlikni ta'minlaşga va'da bermoqda. "NKorean" saytida ma'lum qilinişiça, mamlakatda naqd pulsiz tölov tizimi işlamaydi. Sayyohlik operatori "kuçuk şörva" yoki "jyenşen bilan töldirilgan tovuq"ni tatib köriş uçun naqd pul olişni tavsiya qiladi.

"Qaytim olişda muammolar yuzaga kelmasligi uçun sizlarga pullaringizni mayda kupyuralarda olişni tavsiya etamiz. KXDR fuqarolari haqiqatparvarligi bilan ajralib turişadi (bu sizga Misr yoki Turkiya emas), agar sizga qaytim beriş kerak bölsa, sizni topib uni qölingizga tutqazişadi".

"NKorean" rasmiy sayti

Klassik turlar bahosi (5 kunga) 58 902 rubldan boşlanib, (15 kunga) 118 090 rublga yetadi. Eng arzon turlar diqqatga sazovor joylarni ziyorat qiliş va "çuçxey sotsializmi ğoyalari bilan tanişuv"ni öz içiga oladi. Eng qimmat turlar esa "mamlakat madaniyatini töliq qamrab oliş"ga va'da beradi.

"NKorean" maxsus turlar doirasida Şimoliy Koreyada toğ-çanği va sohil, pivo festivali va milliy bayramlar kabi dam oliş turlarini taklif qiladi.

24 avgust kuni KXDRning Rossiya fuqarolariga viza beriş jarayonini soddalaştiriş rejalari haqida ma'lum qilindi. Kutiş muddati 2-3 haftadan 3-5 kunga qisqaradi.