Tayland Oliy sudi qirollik sobiq boş vaziri Yinglak Çinavatga nisbatan hukm çiqarişni bir oyga keçiktirdi. U 2011-2014 yillarda Çinavat rahbarlik qilgan hukumat guruç garovi deb nomlangan dotatsiya dasturi bilan boğliq korrupsiya işida ayblanuvçi sifatida iştirok etmoqda. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda. 

Şu bilan birga, sud sobiq boş vazirni sud qarori öqilişiga kelmagani uçun hibsga olişga order bergan. Ma'lum bölişiça, Çinavat quloğiga infeksiya tuşgani sababli sud qarori öqilişiga kela olmasligi haqida majlisdan bir neça daqiqa avval ogohlantirgan. 

Avvalroq, Tayland hukumatining sobiq raisi öz faoliyati davomida boyligini 1 mln dollardan köproqqa orttirgani xabar qilingan. 

Yinglak Çinavat qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilaridan guruç garovini xarid qilişda jinoiy mas'uliyatsizlikka yöl qöyganlikda ayblanmoqda. Bundan taşqari, guruç siyosati böyiça milliy qömita raisi lavozimida ham korrupsiyaga aralaşgan. Uning hukumati 2014 yil 22 maydagi harbiy davlat töntarişi bilan ağdarilgan edi. Uning aybi isbotlansa, Çinavatga 10 yilgaça qamoq jazosi tayinlanişi mumkin.