“Xarvi” tropik sikloni töfonga aylanib, AQŞning Texas ştati sohillariga yaqinlaşmoqda. Bu haqda AQŞning töfonlarni örganiş milliy markaziga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
“Xarvi” markazi Port ÖKonnor şahridan 480 km uzoqlikda joylaşgan. Töfon şamolining qayd qilingan maksimal tezligi 140 km/soatni taşkil qilgan.
Töfon Texasga 25 avgust keçki payt yetib keladi. Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga köra, hududda kuçli yomğirlar, toşqinlar va kuçli şamollar bölişi kutilmoqda.
Avvalroq Texas gubernatori Greg Ebbott töfonning yaqinlaşişi sababli 30 ta okrugda tabiiy ofat tartibini e'lon qilgandi.












