2017 yil 24 avgust kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön birinçi yalpi majlisi bölib ötdi. Cenatorlar “Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining qonunini körib çiqdilar. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Qonun Toşkent şahrining tumanlarida xalq deputatlari Kengaşlarini tuziş uçun taşkiliy-huquqiy şart-şaroitlar yaratib beradi. Bu esa hokimiyatning mahalliy organlari byudjyet vakolatlari amalga oşirilişi ustidan nazoratni örnatişga, ularning mamlakat poytaxti tumanlarini ijtimoiy-siyosiy rivojlantirişning muhim masalalarini hal qilişdagi örnini mustahkamlaşga, islohotlarni röyobga çiqarişdagi roli va ahamiyatini yanada oşirişga xizmat qiladi. 

Uşbu masala muhokamasi çoğida ta'kidlanganidek, amaldagi qonun hujjatlarida (Konstitutsiyaning 99-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi qonunning 1-moddasida) Toşkent şahrida xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarini tuziş nazarda tutilmagan. Şu bilan birga, amaldagi qonun hujjatlarining bu qoidasi poytaxt tumanlariga (ularning soni Toşkentda 11 ta) mahalliy byudjyetlar loyihalari, ularning ijrosi muhokamasini ötkazişga yöl qöymaydi, çunki, masalan, byudjyet kodeksiga muvofiq, tumanlar (şaharlar) byudjyetlarining körib çiqilişi va qabul qilinişi, şuningdek, ularning bajarilişi töğrisidagi hisobotlarning eşitilişi xalq deputatlari Kengaşlari vakolatlariga kiradi. 

Şu munosabat bilan qonun bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida”gi, “Geografik obektlarning nomlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunlariga Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov 2017 yil dekabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkazilişi orqali ularni tuzişni nazarda tutuvçi bir qator özgartişlar kiritilmoqda. 

Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşiga “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq saylovni taşkil etiş va ötkaziş uçun tuman saylov komissiyalari tuzilişi tavsiya etilmoqda. 

Bundan taşqari, qonunda şaharlarda tumanlar hokimlari lavozimlariga tasdiqlaş, şuningdek, yangi Kengaşlar tuzilişi munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengaşlari tomonidan ularning hisobotlarini eşitiş tartibi belgilab berilmoqda. 

Senatorlarning fikriça, taklif etilayotgan özgartişlar Toşkent şahrida sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni röyobga çiqarişda hokimiyat vakillik organlarining, poytaxt jamoatçiligining rolini kuçaytirişga, mahalliy byudjyetni şakllantiriş va ijro etiş, tumanlar hududini rivojlantirişning istiqbolli dasturlarini amalga oşiriş, qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni belgilaş ustidan xalq deputatlari tuman Kengaşlari tomonidan nazorat qiliş mexanizmini örnatişga kömaklaşadi. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.