Angliya premer-ligasining 3-turidan örin olgan dastlabki uçraşuvda «Mançester Siti» «Bornmut» mehmoni bölib, dramatik tarzda keçgan uçraşuvning sönggi soniyalarida ğalabani ilib ketdi.
Uçraşuvning 13-daqiqasida mezbonlar vakili Deniels uzoq masofadan bergan zarbasi bilan hisobni oçgan bölsa, Gabriel Jyezus 21-daqiqada David Silvaning zarbasini golga aylantirdi. Uçraşuvning asosiy vaqtida boşqa gol kiritilmadi. Biroq hakam tomonidan qöşib berilgan 7-daqiqada Rahim Sterling mehmonlar joniga oro kiruvçi gol muallifi böldi va «Siti»ga öta muhim bölgan uç oçkoni keltirdi.
Uşbu ğalabadan keyin «Mançester Siti» hisobidagi oçkolar soni 7taga yetdi va jamoa hozirda turnir jadvalida peşqadam bölib oldi.
Angliya premer-ligasi, 3-tur
Bornmut – Mançester Siti 1:2 (1:1)
Gollar: Deniels (13) – Gabriel Jyezus (21), Rahim Sterling (90+7).
Bornmut: Begoviç, Ake, Kuk, Deniels, Mingz, Arter, Serman, King, Gosling, Smit, Defo (Afobe, 73; Musse, 90).
Mançester Siti: Ederson, Kompani, Mendi, Danilo, Otamendi, Fernandino, Bernardu Silva (Aguero, 66), Sterling, de Bryuyne, Silva, Gabriel Jyezus (Sane, 82).
Ogohlantirişlar: Ake (23), Kompani (56), Silva (56), Otamendi (67), Kuk (74), Mendi (79), Mingz (85), Sterling (90), Smit (90).
Çetlatiş: Rahim Sterling (90+8).












