Erondagi eng yirik elektron tijorat sayti Digikala vakili Apple kompaniyasi App Store dasturlar onlayn-dökonidan eronlik dasturçilarning barça mobil dasturlarini öçirib taşlaganini ma'lum qildi.   

Digikala vakilining aytişiça, dasturlar 10 kun avval işlaşdan töxtagan. Uning ta'kidlaşiça, bu AQŞning Eronga qarşi yangi sanksiyalari bilan boğlangan.

Şu sababli Eron aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Muhammad Javod Ozori Jahromiy Apple eronlik mijozlarini hurmat qilişi kerakligini aytgan.

“Apple Eron uyali aloqa bozorining 11 foiz uluşiga ega. Iste'molçilar huquqlariga hurmat Apple rioya qilmagan tamoyildir. Dasturlar öçirilgani sababli biz huquqiy çoralar köramiz”, deb aytgan vazir. 

Köplab eronliklar AQŞ kompaniyasining uşbu harakatlarini qoralab, ijtimoiy tarmoqlarda #StopRemovingIranianApps (“Eron dasturlarini öçirişni bas qiling”) xeştegini işga tuşirişgan.

Apple’ning özida bu holatga hozirça izoh berilmagan.