"Harvi" AQŞning Texas ştati qirğoqlariga yetib keldi. U bilan birga kuçli şamol va yomğir ham kirib keldi, deb xabar bermoqda AQŞ Dovullardan ogohlantiriş milliy markazi (NHC).
"Katrina"dan keyingi 12 yil içidagi kuçli dovul Texas ştatining Meksika körfazidagi sohillariga 25 avgust kuni yetib keldi. Sinoptiklarning taxminlariga köra, u bir neça kun mobaynida ştat hududida hukm suradi, surunkali yomğirlar suv toşqinlariga sabab bölişi mumkin.
Dastavval Korpus Kristi şahriga yetib kelgan kuçli yomğir bilan birga davom etayotgan şamol reklama taxtalari va uylarning tomlarini uçirib ketmoqda.
Qurbonlar haqida ma'lumotlar yöq, ammo Fox News telekanali efirida Rokport şahri hokimi Patrik Rayos "öz avtomobilini tark eta olmayotganlar haqida ma'lumotlar borligini aytgan".
"Biz heç narsa qila olmaymiz. Biz hammani hududni tark etişga çaqirgan edik", — degan Rayos.
Bundan avval "Harvi" dovuliga 5 ballik şkala böyiça 4 ball qöyilgan. U Texas ştati sohillariga soatiga 210 km tezlikda esayotgan şamolni keltirgan.
"Harvi" allaqaçon AQŞ sönggi 12 yildagi eng kuçli dovul bölişga ulgurdi. 2005 yilgi "Katrina"dovuli Luiziana ştatidagi Yangi Orleanni butunlay vayron qilgan edi.












