Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligini nişonlaş arafasida Farğona viloyat hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston yoşlar ittifoqi, “Mahalla” jamoat fondi, “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimlari, Içki işlar boşqarmasi bilan hamkorlikda Farğona viloyatining barça şahar va tumanlarida “Heç kim mehr-muruvvatdan çetda qolmaydi” mavzuida xuddi şunday tadbirlar taşkil etildi. Uşbu tadbirlarda viloyat böyiça jami 4200 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oila vakillari, 1200 nafar nogiron, 850 dan ortiq boquvçisini yöqotganlar iştirok etişdi. Viloyatning barça şahar va tumanlarida uşbu tadbir yuzasidan bayram dasturxoni yozildi.

Mazkur tadbirlar davomida viloyat Madaniyat boşqarmasi va “Özbekkonsert” birlaşmasi viloyat bölimi tomonidan badiiy dasturlar taşkil etilib, unda el suygan va taniqli xonandalar Ilhom Ibrohimov, Mansurxon Nurmatov, Otabek Muhammadzohid, Şahlo Rustamova, Qiliçbek Madaliyev, Xurşid Rasulov, Tohir Mahkamov, Yahyo Möminov, Abdujalil Qöqonovlar va raqqosalar guruhlari har bir tuman va şaharda iştirok etişdi.
Tadbirlar davomida viloyatning barça şahar va tumanlarida 20 ta nogironlik aravaçasi, 50 ga yaqin ortopedik mahsulotlar öz egalariga topşirildi.

Tadbir davomida 950 ga yaqin kam ta'minlangan va boquvçisini yöqotgan oila vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari topşirildi.
Uşbu tadbirga kela olmagan bir guruh nogironlarning uylariga borib, holidan xabar oliş taşkil etiladi.

Bölib ötgan tadbirlarda aholi xavfsizligini ta'minlaş, yöl transport xavfsizligini ta'minlaş hamda aholi salomatligini muhofaza qiliş maqsadida tuman IIB, tuman tibbiyot birlaşmalari tomonidan içki işlar xodimlari va tez yordam avtomaşinasi qatnaşişini töliq ta'minladi.











