Iroqlik qöşinlar Naynava viloyatidagi Tall-Afar şahri ustidan nazoratni töliq qölga kiritdi. Bu haqda Sky News Arabia xabar bergan.
«Tall-Afarning bironta ham tumani iroqlik kuçlarning nazoratisiz qolmaydi», - deya ma'lum qilgan telekanal muxbiri.
Aholi punkti IŞID terrorçilik guruhi jangarilari bilan şiddatli keçgan janglar davomida qölga kiritildi. Şaharga Iroq armiyasi harbiy xizmatçilari, federal politsiya, aksilterrorçilik bölinmalari, şuningdek, xalq militsiyasi jangçilari kirgan.
Telekanal ma'lumotiga köra, ayni damda jangarilar tomonidan qoldirib ketilgan portlovçi qurilmalarni topiş va uylarni minalardan tozalaş böyiça amaliyot olib borilmoqda. Tomonlar qança yöqotişga uçragani xabar qilinmayapti. Ta'kidlanişiça, Iroq armiyasi vakillari yaqin vaqt içida rasmiy bayonot bilan çiqadi.












