Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Özbekiston» telekanali, «Yangi jamiyat» studiyasi boş muharriri, «Munosabat» körsatuvi boşlovçisi Quddus A'zamoviç A'zamov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisidagi farmoni matni «Özbekiston 24» telekanali saytida keltirilgan.

Ahmadjon Meliboyev (Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, publitsist), Ma'muraxon Tuxtasinovna Abduraximova («Farğona haqiqati» gazetasi adabiyot va san'at bölimi mudiri), Zebo Tuxtayevna Boboyeva (Özbekiston milliy axborot agentligi tarjima tahririyati tarjimoni) va Maşkura Isamitdinova Zaxidova («Narodnoye slovo» gazetasi tarjimoni) ham «Döstlik» ordeni bilan taqdirlanişgan.

Şuningdek, «Namangan haqiqati» gazetasi bölimi mudiri Rislik Majnunova va «Pravda Vostoka» gazetasi bölimi mudiri Timur Nizayevga «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti Televideniye va radioeşittiriş kafedrasi professori Hamidulla Akbarovga «Mehnat şuhrati» ordeni berilgan.