
Niderlandiya va Vengriya örtasida yirik diplomatik mojaro kelib çiqdi. Şu sababli Budapeşt Gaagadagi elçixonasi darajasini vaqtinçalik vakil darajasigaça pasaytirdi va elçisini ortga çaqirtirib oldi.
Bunga esa Niderlandiyaning Vengriyadagi elçisi Gayus Şeltemaning Vengriya matbuotiga bergan intervyusi sabab bölgan. U intervyusida Vengriya hukumatini terrorçilarga qiyoslaş mumkinligini, çunki “u ekstremistlar duşman qiyofasini yaratişda qöllaydigan tamoyillarni qöllaşini” aytgan.
Şu sababli Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto ikki davlat örtasida elçilar darajasida noma'lum muddatga muloqot bölmasligini aytgan. “Bu diplomatiyadagi eng keskin çoradir”, deb aytgan vazir. “Bizga omma oldida tuşuntiriş berilişi kerak, yopiq eşiklar ortidagi tuşuntirişlar yetarli bölmaydi. Heç kimga Vengriya yoki venger xalqiga bunday e'tirozlar bildirişga ijozat berilmagan”, deb qöşimça qilgan vazir.











