Amerikaning Pensilvaniya ştatida avtomobil haydovçisi maşinani kişilarga qaratib bostirib bordi. Hodisa oqibatida yetti inson jabrlangan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Voqea ştat şimoli-şarqidagi Mauntin Top aholi punktida yuz bergan. Haydovçi qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelgan, söng kişilarga borib urilgan. Yetti inson jabrlandi, ulardan beş nafari bolalar ekani aytilmoqda.

Xabar qilinişiça, jarohat olganlardan beş nafari şifoxonaga olib ketildi. Haydovçi qölga olingan. Politsiya hodisa sabablarini örganmoqda.

Foto: San Antonio Express-News