Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya Yaponiya tomonga bir nechta raketa uchirdi
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya Yaponiya tomonga kichik masofalarga mo‘ljallangan bir nechta raketa uchirdi. Bungacha Shimoliy Koreya qoidaga ko‘ra, uzoq masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketalardan bir donadan uchirgan.
Raketalar Yapon dengiziga tushgan. Bu haqda Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga iqtibos keltirgan holda Reuters va Yonhap axborot agentliklari xabar berdi.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, raketalar dengizga tushishi oldidan shimoli-sharqiy yo‘nalishda 250 km masofa uchib o‘tgan.

Bundan avval faqat bitta raketa uchirilgani ma'lum qilingan.
Pentagonning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya Gavayi vaqti bilan soat 12:07da (Toshkent vaqti bilan soat 03:07da) uchta ballistik raketa uchirgan. Ulardan bittasi deyarli uchirilishi bilan portlab ketgan, qolgan ikkitasi esa ko‘rinishicha parvoz vaqtida yaroqsiz holga kelgan.
Raketalar na Yaponiyaga, na AQShning Guam oroliga xavf solgan.
Raketalar AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi o‘zaro tahdidlardan keyin birinchi marta otildi. Shimoliy Koreya oxirgi marta 28 iyulda ballistik raketa uchirgandi. O‘shanda “Xvason-14” raketasi uchirilgan. AQShning baholashicha, bu raketa Alyaskagacha yetib bora oladi. Raketa 3,7 ming km balandlikka ko‘tarilib, 1000 km ga yaqin uchib o‘tgan. Undan avval, 4 iyulda ham raketa uchirilgan.
BMT Xavfsizlik kengashi shu ikkita raketa uchirilishi tufayli Shimoliy Koreyaga sanksiyalar kiritgan. Sanktsiyalarga ko‘ra, Shimoliy Koreyadan ko‘mir, temir, ruda va dengiz mahsulotlari importi, BMT davlatlariga esa Shimoliy Koreya bilan yangi qo‘shma korxonalar tuzish taqiqlangan.
Mavzuga oid
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
07:32 / 28.02.2026
Quyosh chaqnashlari zilzilani qo‘zg‘atishi mumkinmi? Yapon olimlarining yangi gipotezasi
22:40 / 22.02.2026
Onasiz maymuncha IKEA kompaniyasiga millionlab dollar foyda keltirdi
15:28 / 22.02.2026