Toşkent davlat agrar universitetining olti nafar bitiruvçi talabasi Rossiya Federatsiyasining Çelyabinsk viloyatida tuşunarsiz ahvolda qolmoqda. Gap şundaki, bitiruv imtihonlari muvaffaqiyatli topşirib, magistratura bosqiçida öqiş istagini bildirgan Toipov Farrux, Nazarov Sodiq, Abdurasulova Kamola, Oqboyev Abbos va uning döstlari Janubiy-Ural davlat agrar universitetida ta'lim oliş uçun barça hujjatlarini tayyorlay boşladi.

Aynan şu paytlar mazkur universitet Xalqaro bölimi boşliği Sergey Vladimiroviç Toşkentga taşrif buyurib, talabalarni magistratura talablari bilan taniştirdi. Intiqib kutilgan onlar yetib kelgaç, qişloq xöjaligining turli yönalişlarida ta'lim oliş uçun özbekistonlik talabalar 25 avgust kuni Çelyabinsk viloyatiga yetib kelişdi.

Ammo, barçasi yoş talabalar kutgan darajada bölmadi, avvaliga bakalavr diplomining nostrifikatsiya qilinmagani rökaç qilinib, ularni joriy öquv mavsumidan magistrantlar safiga qöşilmasligi aytib ötildi. Bundan taşqari, Rossiyadagi Janubiy-Ural davlat agrar universiteti rahbariyati özbekistonlik talabalarni yotoqxonaga qöymagan. Tuşunmovçilikning asl sababi Rossiya ta'lim tizimida yangi joriy qilingan diplomni nostrifikatsiya qiliş şarti bölgan, xolos. Biroq, Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi öquv işlar bölim boşliği Şakarboy Joniqulovning aytişiça, bitiruvçi talabalar Rossiyada boşpanasiz qolmagan.

"Biz barça imkoniyatlarni işga solyapmiz, Jan.UAU mehmonxonasida bizning talabalar uçun joy ajratildi. Ayni paytda öşa universitetda ta'lim olayotgan va amaliyotda bölgan vakillarimiz orqali olti talabaning oziq-ovqat va ehtiyojlarini qondirişni rejalaştirganmiz. Tez fursatlarda uyga qaytiş, avia çiptalarni xarid qiliş ustida boş qotirmoqdamiz”, deydi u.

Şuningdek, Şakarboy Joniqulov yuqorida nomi zikr etilgan talabalardan faqat ikkitasining vazirlik tavsiyanomasiga ega bölganini ta'kidlab ötgan. Demak, qolgan yoşlar öz xohişiga köra imtihon topşirib, çet davlatga ketişgan. KUN.UZ muxbiri masalaga oydinlik kiritiş maqsadida, Toşkent davlat agrar universiteti Xalqaro bölim xodimi Sanjar Adilov bilan boğlandi.

"Biz vaziyat tafsilotlaridan töliq xabardor emasmiz, lekin şuni ayta olamanki, ular maxsus tavsiyanoma orqali ketmagan edi va hujjatlarni tayyorlaşda özlari mas'ul bölgan”, deydi u.

Holatning boşqa bir tomonida olis yurtda, oilasidan uzoqda qolgan talabalar qismati qolmoqda. Aniqlanişiça, Oqboyev Abbos noma'lum sababga köra Rossiya Bojxona xizmati xodimlari tomonidan uşlab qolingan, ayni paytda u Özbekistonga qaytarib yuborilgan.

Rossiyada öqib, bilimlari bilan Özbekistonda xizmat qilişni közlagan yoşlar işni puxta qilmagani tufayli tuşunmovçilik va murosasiz holat yuzaga kelib qolmoqda, deb aybni bir tarafga qöya olmaymiz.  Keyingi savol esa talabalar Toşkentga qaytib kelgaç, nima bilan maşğul böladi?