Fransiya 2017 yil davomida Iroq hukumatiga 430 mln yevrolik kredit ajratadi. Bu haqda AFP axborot agentligiga Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Iv Le Drian atrofidagi manba ma'lum qilgan. Le Drian 26 avgustda Bağdoddga kelgan.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Le Drian Bağdodga moliyaviy yordam beriş masalasini Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy bilan muhokama qilgan. Le Drian muzokaralar davomida Al-Obodiyga mablağlar joriy yil oxirigiça ajratilişiga va'da bergan. Bu mablağlar avvalambor Iroq hukumati tomondan amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
“Fransiya IŞIDga qarşi kuraşning boşidan beri Iroqda bölgan. U hozirda boşlanayotgan tinçlikning qurilişi bosqiçida ham bu yerda böladi”, deb aytgan Le Drian uçraşuvda.
Le Drian, şuningdek Al-Obodiyga Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronning uning Parijga kelişi taklifini yetkazib qöygan.











