Ilon Maskka tegişli The Boring Company Kaliforniya hukumatidan Xotorn şahrida test tunnelini quriş uçun ruxsat olişga muvaffaq böldi. Quruvçilar bunga qadar faqat SpaceX kompaniyasiga tegişli hududlardagina tunnel qazişlari mumkin edi. Hi-News mavzuga oid yangilik bilan bölişdi. 

Yangi test tunneli SpaceX hududidan taşqarida böladi va Xorton şahri ostida 13 metr çuqurlikdan ötadi. Kuni keça şahar kengaşi Maskka şunday imkoniyat taqdim etişga doir qarorni qabul qildi. 

The Boring Company mutaxassislari aholini burğulaş maşinalari şaharning kundalik hayotiga heç qanday ta'sir körsatmasligiga - odamlar uning borligini ham payqamasligiga işontirişdi. Tunnel uzunligi 3 kilometr atrofida böladi. U uy-joy va ma'muriy binolarni çetlab ötib, şahar köçalari böylab ötadi. Barça zarur sinovlar ötkazib bölinganidan söng test tunneli tuproq yoki beton bilan yopiladi.

Kompaniya kelgusida yirik şaharlarni birlaştiruvçi va tirbandlikka doir muammolarni bartaraf etiş imkonini beruvçi tarmoqlar tarmoğini qazişni rejalaştirmoqda.